Ostona nomini o‘zgartirish qanchaga tushadi

© Sputnik / Olga Golovko / Mediabankka o‘tishKonsertniy zal "Astana" v Astane
Konsertniy zal Astana v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yelbasi devonxonasini yaratish va Ostonaning nomini o‘zgartirish uchun qancha mablag‘ sarflanishi hisoblab chiqildi.

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Qozog‘iston Senatida moliya va budjet masalalari bo‘yicha qo‘mitasi kengaytirilgan yig‘ilishda “2019-2021 yillarga respublika budjeti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgaritishlarni ko‘rib chiqdi.

Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning birinchi xonimi yo‘q – prezident Tokayev ajrashgan

Unda budjet davlat xizmatchilarining oyliklarini ko‘tarish, Qozog‘iston poytaxtini nomini o‘zgartirish, birinchi prezident devonxonasini tashkil qilish masalalari kiritilgan.

Ushbu yo‘nalishlarga 38,8 milliard qozoq tengesi kerak bo‘ladi.

“Harajatlarning katta qismi 1-iyundan oyliklarni oshishi bilan bog‘liq. Bir oyda 37 milliard tenge qo‘shimcha harajat bo‘ladi. Qolgan mablag‘lar – yangi davlat organini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. U ro‘yxatga olingan – Yelbasi devonxonasi. Buning uchun 1 milliard tenge kerak bo‘ladi”,  - deb ta’kidladi moliya vaziri o‘rinbosari Tatyana Savelyeva.

Moliya vazirligi rahbariyati so‘zlariga ko‘ra, Ostonani Nur-Sulton deb o‘zgartirish – bu texnik o‘zgartirishlar, ular qo‘shimcha mablag‘ talab qilmaydi.

“Ostona nomini o‘zgartirish uchun pul ajratilmaydi. Barcha harajatlar davlat organlari tomonidan rejali asosda shahar uchun ajratilgan pullar doirasida amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha mablag‘ ko‘zda tutilmayapti”, - deb qo‘shimcha qildi Moliya vazirligi vakili.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston poytaxti Ostona yangi prezident Kasim-Jomart Tokayevning tashabbusi bilan Nur-Sulton deb qayta nomlandi.

Yangiliklar lentasi
0