TOShKENT, 4 apr – Sputnik. O‘FA Etika qo‘mitasi Namanganning “Navbahor-Lochinlari” PFK klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovni “kelishilgan” o‘yinlar tashkil qilishda ayblab jazoga tortdi, assotsiatsiya matbuot xizmatiga asosan.
O‘FA nazorat boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha 2017-yil mavsumida Mo‘minjonov o‘yin natijalariga ta’sir ko‘rsatish uchun “Navbahor lochinlari” PFKning bir qator futbolchilarini o‘yinni sotishga undagan.
O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandini buzgani uchun Mo‘minjonov Ilhom 50.000.000 (ellik) million so‘m miqdoridagi jarimaga tortilsin va umumiy hisobda 5 (besh) yil muddatga futbol futbol bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.
Shuningdek, O‘FA “Surxon” PFK texnik direktori Sharipov Sherzodni O‘FAning rasmiy vakillariga surishtiruv jarayonida yolg‘on ko‘rsatma berganligi va qo‘mitani vaziyat yuzasidan qaror chiqarishda chalkashtirishga harakat qilgani uchun 2019-yil futbol mavsumi oxiriga qadar futboldan chetlashtirdi.
Undan tashqari, “Surxon” PFK jamoasi sardori Jabborov Dilshod Mo‘minjonovga kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilishga yordam berganligi, shuningdek, qo‘mitaning yozma va og‘zaki so‘rovlariga e’tibor bermay uzrli sababsiz qo‘mita yig‘ilishlariga kelmaganligi uchun O‘FA intizom kodeksining 5.52. bandiga asosan 2019-yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.
Yig‘ilishda futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar kelgusida bunday holatlarni sodir etadigan bo‘lsa, belgilangan tartibda jazoga tortilishi ma’lum qilindi.