Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi ma’lum qilindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishSleva napravo: Kristian Pavon, Anxel Di Mariya, Lionel Messi i Gabriel Merkado (Argentina) raduyutsya zabitomu golu v matche 1/8 finala chempionata mira po futbolu mejdu sbornimi Fransii i Argentini.
Sleva napravo: Kristian Pavon, Anxel Di Mariya, Lionel Messi i Gabriel Merkado (Argentina) raduyutsya zabitomu golu v matche 1/8 finala chempionata mira po futbolu mejdu sbornimi Fransii i Argentini. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
France Football dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisini ma’lum qildi.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Ispaniyaning “Barselona” klubi sardori argentinalik Lionel Messi dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi deb tan olindi.

Nastoyashaya magiya: uzbekistanes povtoril truk Messi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik Messi mahoratini takrorlay oldi

France Football nashrining ma’lum qilishicha, Messining daromadi yiliga 130 million yevroni tashkil etgan.

Reytingdagi ikkinchi o‘ringa Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu sazovor deb topildi. Ronalduning yillik daromadi 113 million yevroni tashkil etdi.

Fransiyaning “PSJ” klubida to‘p suruvchi braziliyalik Neymar reytingdagi uchinchi pog‘onadan joy oldi. Uning daromadi 91,5 million yevroni tashkil etdi. “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann 44 million yevro bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. “Real” hujumchisi Garet Beyl 40,2 million yevro bilan birinchi beshlikka kiritildi.

Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi sifatida “Atletiko” klubi murabbiyi argentinalik Diyego Simeone ekanligi ma’lum qilindi. Murabbiyning daromadi 41 million yevroni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0