O‘tgan yilda Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi oshdi – Markaziy bank

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPunkt obmena valyut
Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan salkam 4 milliard dollar o‘tkazilgan.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. 2018-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi 1,4 %ga oshdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Markaziy banki.

 “2018 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi 3,963 milliard dollarni tashkil qildi. Bu 2017-yilga nisbatan 1,4 %ga ko‘p”, - deyilgan Markaziy bank hisobotida.

2017 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi   3,907 milliard dollarni tashkil qilgan edi.

Generalniy konsul Rustam Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar, talabalar va biznes forum: O‘zbekiston va Uzoq Sharqni nima birlashtiradi

Umumiy hisobda 2018-yilda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga 5,114 milliard dollar o‘tkazilgan. Eng ko‘p mablag‘lar Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va AQShdan yuborilgan.

O‘zbekiston rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda xorijiy mamlakatlarda 2,6 million O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilgan. Bu mehnatga layoqatli aholi sonidan 20% ini tashkil qiladi. Mehnat migrantlarining 85 % - Rossiyada ishlayotgani ham ma’lum.

Rossiya IIV xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari jami migrantlarning 10 %ini tashkil qiladi. Bu 1 millionga yaqin fuqaro.

Yangiliklar lentasi
0