Jiyanini tarbiyalash maqsadida tayoq bilan urib, uning umriga zomin bo‘lgan tog‘alar ushlandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRebenok s igrushkoy v rukax
Rebenok s igrushkoy v rukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda fuqarolar jiyanini tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazishdi.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Samarqandda jiyanini tarbiyalab qo‘ymoqchi bo‘lgan aka-uka uning umriga zomin bo‘ldi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, 29-mart kuni Navoiy viloyati yashovchi fuqarolar Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Ko‘mir qishlog‘ida yashovchi opasining uyiga kelishadi.

Pojar. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiqda fojia: Yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

“U yerda aka-ukalar voyaga yetmagan jiyani B.A.ni tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazganlar. Oqibatda bolaning sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli uni boshqa xonaga olib chiqib, yotqizib qo‘yganlar”, - deyiladi xabarda.

Natijada voyaga yetmagan fuqaro olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aka-ukalar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0