Qiz “odam g‘ashiga tegadigan” signalizatsiya ovozini chiqaradi – antiqa fleshmob boshlandi

© Sputnik / Ilya PitalevMoskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon
Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qisqa vaqt ichida ushbu videorolik 7 million marta ko‘rildi.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Internet foydalanuvchilari antiqa chellenjni boshlashdi – ular avtomobil signalizatsiya ovozini chiqarishga harakat qilishmoqda.   

The Sun nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli amerikalik Peyton Gibson #caralarmchallenge boshladi. Qiz Twitter akkauntida video joylashtirdi, unda o‘zining qobiliyatini “maxfiy iste’dod” deb atadi.

Rolik internetda virus kabi tarqalib ketdi. Qisqa vaqt ichida ushbu videorolik 7 million marta ko‘rildi.

Mushtariylar Gibson harakatlarini qaytarishga harakat qilishdi. Biroq hamma ham signalizatsiya ovozini takrorlay olishmadi.

Ayrim foydalanuvchilar o‘zlarining boshqa qobiliyatlarni ko‘rsatishdi. Bir qiz echki ovozini chiqara olishini ko‘rsatdi.

​Boshqa foydalanuvchi esa, poyga bolid mashinasining tovushini namoyish qildi.

Yangiliklar lentasi
0