Qozog‘istonliklar familiyasida "Nur" old qo‘shimchasi paydo bo‘ladimi?

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishFestival Berkutchi v Kazaxstane
Festival Berkutchi v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarja endilikda qozog‘istonliklar familiyalariga shartli ravishda "Nur" prefiksi qo‘shilishi haqida xabar paydo bo‘lgach, tarmoq foydalanuvchilari qizg‘in muhokamaga kirishib ketdilar.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Gazetalarning birida endilikda qozog‘istonliklar familiyasiga "Nur" old qo‘shimchasi qo‘shilishi haqida xabar e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu yangilikni qizg‘in muhokama qilishga kirishib ketdilar.

Prezident RF V. Putin i kandidat na post premyer-ministra RF D. Medvedev prinyali uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Nazarboyevdan Qozog‘istondagi "qayta nomlash" jarayonini to‘xtatishni so‘radi

Nashr 28-mart kuni e’lon qilgan maqolada quyidagicha so‘zlar keltirilgan:

"Industriya va raqamli taraqqiyot vazirligi farmoyishiga ko‘ra, 2019-yil 1-apreldan boshlab qozog‘istonliklar familiyasiga shartli ravishda "Nur" old qo‘shimchasi qo‘shiladi. Shu tariqa, deylik Axmetov nur-Axmetov, Ivanov - Nur-Ivanov, Kim - Nur-Kimga aylanadi", - deyiladi matnda.

Izohda aytilishicha, "Nur" prefiksi butun dunyoda qozog‘istonliklarning muvaffaqiyati va ularni tanitadigan ramzga aylanadi.

Bu xabar internet foydalanuvchilari orasida shov-shuvlarga sabab bo‘lgach, Qozog‘iston axborot va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi yangilikka izoh berdi.

"Bu g‘irt safsata. Siz buni aniq ko‘rinib turgan bir necha xususiyatlarga qarab aniqlasangiz bo‘ladi. Misol uchun, materialda Industriya va raqamli taraqqiyot vazirligiga tayanishmoqda. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, bunday idora Qozog‘istonda mavjud emas. Ikkinchidan, iqtibos egasi kimligi ham ko‘rsatilmagan. Agar bu farmoyish chindan mavjud bo‘lganida, izohni davlat organining aniq vakili bergan bo‘lardi va u kamida o‘z ism-sharifi va ish joyini aytgan bo‘lardi", - deya tushuntirgan vazirlik matbuot-kotibi Ayjan Musinova.

Ayol shuningdek, material tagidagi manba sifatida "birinchi aprel Shuchinski" ko‘rsatilgani, bu esa xabar birinchi aprel hazili ekanligiga ishora qilishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0