TOShKENT, 30 mar – Sputnik. Birdaniga uch egiz dunyoga kelgan Buxorodagi ko‘p farzandli oila o‘z dilbandlariga mamlakatning amaldagi rahbari sharafiga - Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yishga qaror qildi.
An’anaga muvofiq bu voqeadan so‘ng tez orada oilaga yangi Chevrolet Cobalt avtomobili kaliti topshirildi.
© Foto: troll.uz / instagram Podarok dlya semi troynyashek iz Buxari
Podarok dlya semi troynyashek iz Buxari
Bundan tashqari, oilaga uch egizakka mo‘ljallangan kolyaska hadya etildi.
Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekistonda uchtalik egizaklarga prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga ism qo‘yilishi holati birinchi bor ro‘y berayotgani yo‘q. Andijonda ham uchtalik egizaklar otasi o‘z farzandlariga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti sharafiga - Islom, Abdug‘ani va Karim deya ism qo‘ygan edi.