TOShKENT, 30 mar - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Xanoyedagi sammit vaqtida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Qo‘shma Shtatlarga yadroviy qurol va bombalar uchun yoqilg‘ini topshirish chaqirig‘i aks etgan hujjatni topshirdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi hujjatga tayangan holda.
Bu voqeadan xabardor manba so‘zlariga ko‘ra, Tramp koreys va ingliz tillarida yozilgan hujjatni 28-fevral kuni Xanoyedagi "Metropol" otelida topshirgan.
KXDR va AQShning ikkinchi sammiti Xanoyeda 27-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan. Ikki mamlakat yetakchilari - Donald Tramp va Kim Chen In muzokaralari yakunida birorta hujjat imzolanmadi.
Tramp matbuot-anjumanida KXDR bilan til topisha olmaslik sanksiyalarni olib tashlash bilan bog‘liqmasligini, Pxenyan "boshqa sohada" yon berishni xohlamaganini ma’lum qilgan. U shuningdek, ikkiyoqlama yangi sammit yaqin o‘rtada o‘tkazilmasligi mumkinligini qayd etgan.