TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi Toshkent shahar boshqarmasi rahbari o‘zgardi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
MIB Toshkent shahar boshqarmasiga 2019-yil 27-mart kuni Orif Raufovich Bozorov rahbar etib tayinlangan.
Bozorov bunga qadar Navoiy viloyati Departamenti va Burosidagi boshqarmalarda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Bozorov bu tayinlovga qadar MIB Toshkent shahar boshqarmasining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.