Toshkentda talaba 6-qavatdan yiqilib vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishMeditsinskaya sestra proverayet kapelnitsu. Arxivnoe foto
Meditsinskaya sestra proverayet kapelnitsu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Talaba ustozlari va kursdoshlari hamrohligida dafn qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, 1994-yilda tug‘ilgan talaba tabiatan og‘ir va bosiq bo‘lgan, hech kim bilan ixtilofga bormagan, oilasida hech qanday muammolari bo‘lmagan. O‘qishda a’lo baholarga o‘qigan.

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. 2019 yil 27-mart kuni Toshkent davlat texnika universiteti “Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetining 2-bosqich, 2-17 guruh talabasi Ziyo mahallasida joylashgan 63-son talabalar turar joyining 609-xonasida ochiq turgan deraza oynasidan 6-qavatdan pastga yiqilib tushgan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 35 yoshli hamshira o‘zini 3 qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, talaba Toshkent tibbiyot akademiyasi ikkinchi klinakasiga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan bosh miya ochiq jarohati, kalla asos gumbaz suyagi sinishining bo‘linib sinishi, bosh miya pardalari ostiga, to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, chap son suyagi ochiq sinishi, o‘ng tomondan 3, 4 va 5-qovurg‘alar sinishi, to‘sh suyagi sinishi, ikkinchi o‘pka yorilishi tashxisi qo‘yilgan.

“2019 yilning 28-mart kuni soat 00:44larda Sh.U. olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, 1994-yilda tug‘ilgan talaba tabiatan og‘ir va bosiq bo‘lgan, hech kim bilan ixtilofga bormagan, oilasida hech qanday muammolari bo‘lmagan. O‘qishda a’lo baholarga o‘qigan, xulqi namunali, talabalar orasida hurmatga ega va o‘zining faolligi bilan ajralib turgan.

2019 yilning 28-mart kuni “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti dekani va bir guruh professor-o‘qituvchilar talabaning Parkent tumanidagi uyiga tashrif buyurdi. Suhbat davomida qizning onasi – 1964-yilda tug‘ilgan M.A. qizida yurak yetishmovchiligi bo‘lgani, bosh miya bosimining ortishidan shikoyat qilib turganini ma’lum qilgan.

Sh.U. ustozlari va kursdoshlari hamrohligida dafn qilindi.

Yangiliklar lentasi
0