Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan toshqin to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi

© MChS UzbekistanaNavodnenie v Samarkandskoy oblasti
Navodnenie v Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandning qator ko‘chalarida 29-martda boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshib chiqish holati kuzatildi.

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Samarqandning qator ko‘chalarida 29-martda boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshib chiqish holati kuzatildi.

FVV ma’lum qilishicha, yomg‘ir yog‘ishi natijasida Samarqand shahrining “Buyuk Ipak yo‘li”, “Afrosiyob”, “M.Qoshg‘ariy”, “Mir Said Baraka”, “Obi Rahmat”, “Muqimiy”, “O‘zbekiston”, “A.Temur”, “Konimex», “Mulon-Sochaki bolo” chorrahasidagi ko‘chalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.

© MChS UzbekistanaLikvidatsiya posledstviy navodneniya v Samarkandskoy oblasti
Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan toshqin to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi  - Sputnik O‘zbekiston
Likvidatsiya posledstviy navodneniya v Samarkandskoy oblasti

Xabarda yozilishicha, bundan tashqari, “Zarafshon” MFYdagi 8-uy, “Jomiy” ko‘chasidagi 48-uy, “M.Qoshg‘ariy” ko‘chasidagi 16-uy, 18B-uy, 20-uy, “Mir Said Baraka” ko‘chasidagi 73-uy, “Obi Rahmat” ko‘chasidagi 4-uy, “Muqimiy” ko‘chasidagi 31-uy, “Konimex” ko‘chasidagi 39-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.

© MChS UzbekistanaLikvidatsiya posledstviy navodneniya v Samarkandskoy oblasti
Samarqandda yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan toshqin to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi  - Sputnik O‘zbekiston
Likvidatsiya posledstviy navodneniya v Samarkandskoy oblasti

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat “Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

Yangiliklar lentasi
0