"Olmaliq KMK" o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rganish uchun kitoblar sovg‘a qildi

© Filial NITU "MISiS"Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat podaril uchebniki
Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat podaril uchebniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bo‘ylab “Rahbardan 10 ta kitob” tashabbusi faol ravishda tarqalmoqda.

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov joriy yilning 29-mart kuni Olmaliq shahridagi 80-sonli maktab-internat o‘quvchilariga 50 ta eng sara badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari hamda ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun qator lug‘at va adabiyotlar sovg‘a qildi. Bu haqda MISiS matbuot xizmati xabar qildi.

Zvezdi uzbekskoy estradi prinyali uchastie v aksii  - Sputnik O‘zbekiston
Rayhon, Ziyoda va boshqa yosh estrada xonandalari kitob sovg‘a qilish aksiyasida ishtirok etishdi

“Eng durdona o‘zbek adabiyotlari hamda o‘quv qo‘llanmalar, ingliz tilini o‘rganish niyatidagi o‘g‘il-qizlarimiz uchun tuhfa qilingan lug‘atlar maktab-internatimiz kutubxonasini yanada boyitdi. O‘quvchilarimizning xursandchiligini aytmaysiz-mi! Barcha pedagoglar jamoasi, ota-onalar va o‘quvchilar nomidan maktab-internatimizga muntazam ravishda ko‘maklashib kelayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga va shaxsan kitoblar sovg‘a qilgan kombinat rahbari Abdulla Xursanovga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz,” - deydi 80-maktab-internat direktori A.Mamatqulov.

O‘zbekiston bo‘ylab “Rahbardan 10 ta kitob” tashabbusi faol ravishda tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sherali Jo‘rayev, Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova va boshqa taniqli san’atkorlar Toshkent shahridagi 248-sonli va Toshkent viloyatidagi 6-sonli maktabga tashrif buyurishib, kitob sovg‘a qilishgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0