TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Mercedes Gelandewagen avtomashinasi haydovchisi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning chaqiruvidan so‘ng o‘zini politsiyaga topshirdi. Bu haqda Checheniston rahbari o‘zi ma’lum qildi.
Bundan avval Ramzan Qodirov YTH voqea joyidan qochib ketgan haydovchini zudlik bilan politsiyaga kelishiga chaqirgandi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
"Muslim Jambekov Checheniston huquq tartibot organlariga keldi... Checheniston ichki ishlar organlari rahbariyati ma’lumotiga ko‘ra, Jambekov shok holatida bo‘lgan va avariya paytida jarohat olgan”, - deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.
Kanalda yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Jambekov Checheniston rahbarining murojaati haqida eshitgandan keyin “zudlik bilan politsiyaga taslim bo‘lishga qaror qabul qildi. Istalgan jazoga tayyor ekanligi, sodir bo‘lgan ishdan chin dildan pushaymon bo‘lganligi va YTHda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdarlik bildirgan.
24 mart kuni Moskva Mojaysk shossesida avtohalokat sodir bo‘ldi: Mercedes katta tezlikda “Niva” bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida “Niva” salonida bo‘lgan ayol va uning farzandi halok bo‘ldi. Oila boshlig‘i esa shifoxonaga yotqizildi.