Rossiyaliklarning uchdan bir qismi Nazarboyev yoshi tufayli iste’fo bergan, deb hisoblaydi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazarboyevning iste’fosi haqidagi yangilikni rossiyaliklarning teng yarmi (50%) befarqlik bilan qabul qilgan. So‘rovda qatnashganlarning to‘rtdan bir qismi (25%) Nazarboyev iste’fosi yomon xabar bo‘lganini aytishgan, 19% respondentlar esa, aksincha, yaxshi bo‘ldi, deb fikr bildirgan.

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. Rossiyaliklarning deyarli uchdan bir qismi (31%) Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston prezidenti lavozimini yoshi tufayli tark etdi, deb hisoblaydi. VSIOM so‘rovi shu haqda dalolat bermoqda.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
"Boshlandi": Nazarboyev ketganini eshitgan erkak, uning portretini devordan olib tashladi

Nazarboyev o‘z iste’fosi haqida 20-mart kuni e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng mamlakat prezidenti vakolatlarini bajarish shu paytga qadar mamlakat parlamenti senati (yuqori palatasi)ga raislik qilib kelgan Kasim-Jomart Tokayevga o‘tdi.

Tokayev prezidentlik qasamodini qabul qildi. Prezident vakolatlari muddati 2020-yilda yakunlanadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, rossiyaliklarning 45%i Nazarboyevning iste’fosi haqida nimadir eshitishganini, 41%i bu voqeadan yaxshi xabardor ekanliklarini aytishgan. 14 foiz rossiyaliklar esa bu haqda endi eshitib turganliklarini bildirganlar.

Qozog‘iston prezidenti iste’fosi sababi haqidagi savolga respondentlarning 38%i javob berishga qiynalgan. 31%i esa 78 yashar Nazarboyev yoshi tufayli bu lavozimni tark etgani haqida fikr bildirishgan. Yana 13 % respondent bunga Nazarboyevning toliqqani sabab bo‘lganini aytgan. So‘rovda qatnashganlarning 11 %i Nazarboyev betobligi tufayli shunday qaror qabul qilgan, deb taxmin qilgan bo‘lsa, 10%i, Qozog‘iston prezidenti yoshlarga yo‘l bo‘shatishni xohlagan, deb aytgan.

Nazarboyevning iste’fosi haqidagi yangilikni rossiyaliklarning teng yarmi (50%) befarqlik bilan qabul qilgan. So‘rovda qatnashganlarning to‘rtdan bir qismi (25%) Nazarboyev iste’fosi yomon xabar bo‘lganini aytishgan, 19% respondentlar esa, aksincha, yaxshi bo‘ldi, deb fikr bildirgan.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish Umumjahon Rossiya markazi - "VSIOM-Sputnik" so‘rovi 2019-yil 26-mart kuni o‘tkazildi. So‘rovda 18 yoshdan kichik bo‘lmagan barcha rossiyaliklar ishtirok etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0