TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keldi.
Yangi limuzinni ilk bor Qirg‘izistonda ko‘rishadi. Prezident Bishkekda “Aurus” limuzinida yuradi.

Hozirgi vaqtda Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Vladimir Putin va Sooranbay Jeenbekov tor doirada uchrashuv o‘tkazishmoqda.
Shundan so‘ng davlat rahbarlari Rossiya-Qirg‘iziston mintaqalararo konferensiyada ishtirok etishi va yozuvchi Chingiz Aytmatovning muzey-uyiga tashrif buyurishi kutilmoqda.