Afg‘oniston va MDH chegarasida 10 mingdan ortiq jangari to‘plangan – Manilov

© Koordinatsionnaya slujba Soveta komanduyushix Pogranichnimi voyskamiZamestitel Predsedatelya Soveta komanduyushix Pogranichnimi voyskami - Predsedatel Koordinatsionnoy slujbi general-polkovnik Aleksandr Manilov
Zamestitel Predsedatelya Soveta komanduyushix Pogranichnimi voyskami - Predsedatel Koordinatsionnoy slujbi general-polkovnik Aleksandr Manilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston chegarasining Tojikiston va O‘zbekiston bo‘lagida vaziyat juda murakkab, Turkmaniston bo‘lagida – xavotirli, dedi general.

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. MDH chegara qo‘shinlari Afg‘onistonning shimoliy chegarasi yaqinida  xalqaro terrorchi tashkilotlarga taaluqli bo‘lgan 10 mingga yaqin jangarilar to‘planganini qayd etmoqda, dedi MDH Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari Kengashi ChQQK koordinatsion xizmati raisi Aleksandr Manilov, RIA Novosti xabariga asosan.

“Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning MDH chegarasiga yaqin bo‘lgan hududlarida 10 mingdan ortiq jangarilar to‘plangan. Chegaraning Tojikiston va O‘zbekiston bo‘lagida - vaziyat juda murakkab, Turkmaniston bo‘lagida – xavotirli”, - dedi Manilov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan majlis davomida.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda MDH ChQQKning 81- majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ukraina, Moldova va Turkmanistondan boshqa barcha MDH davlatlari chegara qo‘shinlari vakillari ishtirok etmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0