TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Mutaxassislar turli burj vakillarining ishfaoliyatini o‘rganib chiqib, qaysi burj vakillari qanday kasblarda ko‘proq ishlashini aniqlashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qovg‘a burjida tug‘ilganlar shifokor-stomatolog, farmatsevt, sotuvchi, yuk tashuvchi, merchandayzer va operator lavzimlarida ishlar ekan. Qovg‘alar orasida eng kam buxgalterllar uchrar ekan.
Baliqlar ko‘proq haydovchi, rejisser, videomontajchi, obmorxona ishchisi lavozimida ishlar ekanlar. Ular orasida PR-menedjer, press-sekretar, aktor, jurnalist yoki yuristlar kam ekan.
Hamal burjida tug‘ilganlar esa ko‘proq haydovchi, tan soqchisi, kassir bo‘lib ishlashni xush ko‘rishar ekan.
Buzoqlar bo‘lsa haydovchi, dasturchi, texnik xizmat xodimi hamda muhandis va dizayner bo‘lib ishlashni yaxshi ko‘rishar ekan.
Egizaklar va Qisqichbaqa ko‘p holllarda sotuvchi-konsultant, administrator, mijozlar bilan ishlash bo‘limi ishchisi, savdo vakili va ofis-menedjer bo‘lib ishlar ekan. Egizaklar orsida bosh buxgalter va merchandayzer lavozimlari kam uchrar ekan.
Arslonlar ko‘proq broker, moliyaviy tahlilchi, administrator, menedjer yoki direktor bo‘lib ishlar ekan.
Parizodlar ko‘proq yashirin mijoz, buxgalter, sartarosh bo‘lib ishlar ekanlar.
Tarozi burji ostida tug‘ilganlar ko‘proq o‘qituvchi, omborxona mudiri, hamda davlat ishlarida ishlar ekan. Ular orasida jurnalist yoki kopirayterlar kam uchrar ekan.
Chayon burji ostida tug‘ilganlar internet-marketolog, savdo vakili, ofis-menedjer va muhandis bo‘lib ishlashni xush ko‘rar ekanlar.
O‘qotar ko‘p holllarda menedjer, merchandayzer va savdo vakili lavozimlarida ishlar.
Tog‘ echkilari ko‘proq moliya sohasida, o‘t o‘chiruvchilar, bosh buxgalterlar va kimogarlar orasida ko‘proq uchrar ekan.
Ma’lumot uchun ushbu tadqiqot butun Rossiya bo‘ylab SuperJob portalida joylashtirilgan 25 millionta rezumelarni o‘rganish asosida o‘tkazilgan.