TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Taniqli san’atkorlar Toshkent va Toshkent viloyatida joylashgan maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilishdi.
Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov boshchiligida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, taniqli so‘z ustasi Shukrullo Isroilov va xonanda Zohirshoh Jo‘rayev poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-son maktabiga tashrif buyurishib, maktab kutubxonasiga kitob sovg‘a qilishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova, G‘ulomjon Yoqubovlar Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 6-sonli maktabga borishib, shaxsiy kutubxonalaridagi turli janrdagi adabiyotlardan maktab kutubxonasiga sovg‘a qilishdi.