TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni to‘xtatib qolishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasining xabar qilishicha, “Toshkent-Amritsar” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla bo‘laklarini olib o‘tish maqsadida yutib olganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million so‘mlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
© GTK UzbekistanaSamodelnie zolotie slitki, kotorie pitalas vivezti v jeludke letevshaya reysom "Tashkent-Amritsar" uzbekistanka
Samodelnie zolotie slitki, kotorie pitalas vivezti v jeludke letevshaya reysom "Tashkent-Amritsar" uzbekistanka
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.