Rossiya agroxoldingi O‘zbekistonda 300 million yevroga issiqxona quradi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSbor klubniki v Abxazii
Sbor klubniki v Abxazii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"EKO-kultura" Surxondaryoda 300 gektar maydonda issiqxona qurishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Rossiyaning "EKO-kultura" nomli agrosanoat xoldingi 2019 -2022 yillar ichida O‘zbekistonda qiymati 300 million yevroga teng bo‘lgan issiqxona quradi, deb xabar qildi "O‘zbekozikovkatxolding" matbuot xizmati.

“Rossiya agrosanoat xoldingi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida o‘z issiqxona majmuasini qurishni boshladi. Loyihaning umumiy qiymati 300 million yevroga teng”, – deyilgan xabarda.

Dastlabki bosqichda, 2019-yil davomida Rossiya kompaniyasi 50 gektar yerga plonkali issiqxona qurib pomidor yetishtirishni hamda bo‘lajak rivojlantirish uchun muhandislik, transport va texnologik asos yaratish bilan shug‘ullanadi.

Kelgusi 3-yil ichida esa 300 gektar maydonda teplitsilar qurib, har bir gektardan 400 tonna pomidor hosili olishni rejalashtirigan.

Yangiliklar lentasi
0