Aripov va Medvedev telefon orqali muloqot o‘tkazdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovim
 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovim  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yil may oyi oxirlarida Qo‘shma komissiya majlisi hukumat rahbarlari darajasida o‘tkaziladi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev 2019-yil may oyi oxirlarida O‘zbekistonda Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisini hukumat rahbarlari darajasida o‘tkazishga kelishib olishdi.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i glava pravitelstva RF Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Atomdan baliqchilikkacha: Medvedev va Aripov Moskvada nimalarni muhokama qilishdi

Rossiya hukumati rahbari matbuot xizmatinining ma’lum qilishicha, tomonlar 25-mart kuni telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev O‘zbekiston-Rossiya savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, ikki davlat hukumat rahbarlari darajasida 2019-yil may oyi oxirlarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Qo‘shma komissiya majlisiga tayyorgarlikni muhokama qilgan.

O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasida Qo‘shma komissiya O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha 2018-yil oktabr oyida, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0