Yaponiyadagi AQSh harbiy bazasida portlash sodir bo‘ldi

© REUTERS/Issei KatoPolitseyskoe rassledovanie v Yaponii
Politseyskoe rassledovanie v Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxs Yaponiya mudofaa vazirligi Okinava vakolatxonasining eshigi oldida gaz balonni portlatdi.

TOShKENT, 25 mar – Sputnik.  Noma’lum shaxs tomonidan Okinavadagi AQShning “Kemp Foster” harbiy bazasida portlash sodir etildi. Bu haqda RIA Novosti NHK telekanaliga asosan xabar qildi.

Makaki na provodax - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya makak maymunlari topqirligi bilan barchani lol qoldirishdi

Politsiya xabariga ko‘ra, yakshanba kuni noma’lum shaxs temir devorni buzib, harbiy baza hududiga kirgan.

Shundan so‘ng u Yaponiya mudofaa vazirligi Okinava vakolatxonasining eshigi oldida gaz balonni portlatdi.

Portlash oqibatida hech kim jabrlanmadi. Yetkazilgan ziyon hisoblanmoqda.

Politsiya portlashni sodir etgan shaxsni qidirmoqda.

“Kemp Foster” bazasida Batler dengiz qo‘shinlari korpus shtabi va uning obyektlari joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0