TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Samarqand shahrida ayol o‘zaro janjal vaqtida norasmiy turmush o‘rtog‘ini pichoqladi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, 24-mart kuni Samarqand shahri, Shiroq ko‘chasida yashovchi E.S. shahardagi Gagarin ko‘chasida yashovchi turmush o‘rtog‘i M.A.ning yashash uyida, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida, oshxona pichog‘i bilan M.A.ning yelka va qorin sohalariga urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Oqibatda, M.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.