Rossiyada harbiylar uchun alohida uyali aloqa operatori paydo bo‘ladi

© Sputnik / Anton KurilkinYejednevniy ratsion rossiyskix voyennix vklyuchal v sebya 250 grammov masa, 900 grammov ovoshey
Yejednevniy ratsion rossiyskix voyennix vklyuchal v sebya 250 grammov masa, 900 grammov ovoshey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Rossiyalik harbiylar uchun maxsus uyali aloqa operatori paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Vedomosti nashri.

Mudofaa vazirligi huzurida yangi tashkil qilinayotgan kompaniya “Voyentelekom” deb ataladi va u Tele2 virtual operatori asosida faoliyat yuritadi.

“Voyentelekom” yaqinda Roskomnadzordan butun Rossiya hududida ishlash uchun 5-yilllik virtual operator litsenziyasini olgan (Mobile Virtual Network, MVNO). 

Harbiylar uchun full MVNO tizimi, joriy etiladi. Buning natijasida ushbu tarmoqda uzatilayotgan ma’lumotlar ustidan to‘liq nazorat qilish, turli shifrlash tizimlarini joriy etish imkoni paydo bo‘ladi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning mart oyida Rossiyada harbiylar uchun uyali aloqa vositalaridan foydalanish, harbiy xizmat vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish ta’qiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0