TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 26-martdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 11,93 so‘mga ko‘tarilib, 8 389,97 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi 3,44 so‘mga oshib, 9 491,57 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 0,63 so‘mga ko‘tarildi va 129,72 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.