Toshkent birinchi xalqaro marafoni yorqin lahzalari - video

Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar orasida turli mamlakatlardan kelgan sportchilar, hukumat vakillari va ichki ishlar xodimlari ham bor edi. 

Bugun Toshkentda ilk bor Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan xalqaro marafon bo‘lib o‘tdi. Dastlab 5 kilometrlik "kichik" marafon undan so‘ng esa 21 kilometrlik yarim marafon bo‘lib o‘tdi. IIBB xabariga ko‘ra, tadbirda 2500 ga yaqin fuqarolar jamlanishdi.   

Yarim marafonda xitoylik sportchi Li Yang g‘olib chiqdi. O‘zbekistonlik Andrey Petrov esa 3 o‘rinni egalladi. 

Marafonda turli mamlakatlardan kelgan sportchilar bilan bir qatorda, ichki ishlar xodimlari, hukumat vakillari va hattto imkoniyati cheklangan shaxslar ham ishtirok etishdi. 

Yangiliklar lentasi
0