TOShKENT, 24 mar – Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Elnur Abduraimov kecha 23-mart kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida “Mir Boksa” musobaqasidan muddatidan oldin nokaut bilan g‘alaba qozondi, deb xabar qilmoqda Olimpiya qo‘mitasi.
“Rossiyalik bokschi Dmitriy Xasiyevga qarshi o‘tkazilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi ikkinchi raund oxirida keskin hujumga o‘tib, raqibni tanasiga zarba berish bilan nokautga uchratdi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu jang Elnur Abduraimovning professional ringdagi to‘rtinchi jangi va to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi. Rossiyalik boks mutaxassislari “Mir Boksa” dunyosida “yangi odam” bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschining ushbu g‘alabasini yuqori bag‘olashdi.