Ertaga Toshkentda birinchi xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Yarim marafon soat 9:00 da boshlanadi va shaharning diqqatga sazovor joylarini bo‘ylab asosiy ko‘chalardan o‘tadi. Hozirga qadar bir ming besh yuzdan ziyod yuguruvchilar ro‘yxatdan o‘tgan

TOShKENT, 23 mar - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 24-mart kuni Toshkentda Navro‘z birinchi xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tadi Xalqaro formatda ushbu yarim marafon poytaxt va mamlakat tarixida birinchi marotaba o‘tkaziladi. 

Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari dasturi e’lon qilindi

Musobaqa ishtirokchilari ikki masofani - 21.097 km (yarim marafon) va 5 km masofani yugurib o‘tishlari mumkin. Tadbirni tashkil etishda sertifikatlangan mutaxassislar va xalqaro toifadagi sudalarni o‘z ichiga olgan xalqaro kompaniya konsultativ ko‘mak ko‘rsatmoqda. 

Yarim marafon soat 9:00 da boshlanadi va shaharning diqqatga sazovor joylarini bo‘ylab asosiy ko‘chalardan o‘tadi. Start va finish Afrosiyob va Beshog‘och ko‘chalari chorrahasida ("Humo Arena" muz saroyi yonida) joylashgan. 

Musobaqaning 3 soat ichida finishga yetib kelgan barcha ishtirokchilari esdalik medallarni qo‘lga kiritadilar. G‘oliblar uchun sovrin jamg‘armasi ham tashkil etilgan. Yarim marafonda 1-dan 8-gacha joy olgan erkaklar va ayollarga 3 dan 12 mln. so‘mgacha pul mukofoti beriladi. 5 km masofada 1-dan 6-gacha o‘rinni egallaganlar 500 000 dan 2 mln so‘mgacha mukofot bilan taqdirlanadilar. 

Ushbu sport bayramida kamida 15 yoshga to‘lgan (5 km masofa uchun) va 18 yoshdan katta (Yarim marafon masofasida) barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etish uchun 50 000 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirish lozim. Butun dunyodagi bunday tadbirlarda ishtirok etishga haq to‘lanadi. Buning sababi shundaki, tashkilotchilar tomonidan futbolka, kepka, sumka va maxsus chip o‘rnatilgan ishtirokchi raqamini o‘z ichiga olgan boshlang‘ich paketlarni tayyorlanadi. To‘plamda, shuningdek, finishda taqdim etiladigan medal ham mavjud. 

Yarim marafon tashkilotchilar, homiylar va xayriya tashkilotlari, shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. 

23 mart 19.00 holatiga qadar marafonda ishtirok etish uchun 1658 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Ulardan 610 nafari - 21 km.ga, 1048 nafari - 5 km.ga yugurish istagini bildirganlar.

Xalqaro marafonda 28 davlatdan ishtirokchilar qatnashadi. Ular orasida O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlardan tashqari, Afg‘oniston, Rossiya, AQSh, Avstriya, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Eron, Isroil, Hindiston, Germaniya, Turkiya, Tayland va boshqa davlat yuguruvchilari bor.

Yangiliklar lentasi
0