Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

© REUTERS / Yuri GripasPrezident SShA Donald Tramp s flagom SShA na Konferensii konservativnogo politicheskogo deystviya
Prezident SShA Donald Tramp s flagom SShA na Konferensii konservativnogo politicheskogo deystviya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramning ta’kidiga ko‘ra, Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda.

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z ayyomi munosabati bilan tabrik telegrammasini yo‘lladi.

Studenti v Sankt-Peterburge otmechayut Navruz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekcha lezginka: Peterburgda Navro‘z ayyomi qanday nishonlandi

"Muhtaram Prezident Janoblari!

Navro‘z Sizga, oilangizga va O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Ushbu ajoyib bayram munosabati bilan ko‘plab amerikaliklar hamda dunyodagi boshqa xalqlar yangilanish va uyg‘onish ayyomini birgalikda nishonladilar. 
O‘tgan yil may oyida Siz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv menga katta mamnuniyat bag‘ishladi, Siz amalga oshirayotgan islohotlar sur’ati meni g‘oyat xursand qilmoqda.

Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda. Biz Afg‘onistonda barqaror taraqqiyot va tinchlikka erishishning tarafdori bo‘lgan paytda Sizning Shimoliy yo‘lak masalasida qo‘llab-quvvatlashingizni qadrlayman. Navro‘z muborak!", - deyilgan tabrik matnida.

Yangiliklar lentasi
0