TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Rossiya migrantlar federatsiyasi o‘zbekistonlikni “migratsion qamoqxonasi”dan qutqardi.
O‘zbekiston fuqarosi “Saxarovo” xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazda bo‘lgan va uni Vataniga jo‘natib yuborishlari uchun jarimani to‘lay olmagan.
RMF migrant tezroq uyiga oilasi bag‘riga qaytishi uchun kerakli miqdordagi jarimani to‘ladi.
Shuningdek, Federatsiya prezidenti Vadim Kojenov odamlarning maxsus joylarda oylab qolish ketishga majbur bo‘lishayotganidan misol keltirdi.
“Ko‘pincha odamlar Rossiya hukumati organining aybi bilan emas, balki o‘zlarining konsullik xizmatlarining aybi bilan ushlab turiladi. Masalan, kishini “migratsion qamoqxonaga” olib kelishdi, sud ijrochilari u uyga uchib ketishi uchun chipta sotib olishga tayyor, biroq vatanga qaytish guvohnomasi lozim bo‘ladi. Buni esa konsullik xizmati tomonidan beriladi. Ayrim elchixonalar juda yaxshi ishlashadi va qisqa vaqt ichida tayyorlab berishadi, ba’zilari esa bu qog‘ozni ikki-uch oyda tayyorlashadi. Shu bois migrant uning hujjatlari rasmiylashtirilguncha kutishga majburdir”, - deya ta’kidladi Kojenov.
Bundan tashqari, tashkilot Navro‘z bayrami munosabati bilan yana bir ezgu ishga qo‘l urdi. Migratlar uchun “Saxarovo” xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markaziga turli meva-chevalar olib kelib tarqatdi.
“Insonlar maxsus joylarda bo‘lishlariga qaramasdan, ular bayramni his etishlari kerak”, - dedi Kojenov.
Rossiyada vaqtin yashash uchun ruxsatnomani qandy olish mumkin?