TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobulda Navro‘z tantanalari vaqtida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi va 23 kishi jarohatlandi.
Reyter agentligining Amaq saytiga tayanib xabar qilishicha, sodir bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, payshanba, 21-mart kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida Navro‘z bayrami shodiyonalari vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Guvohlarning aytishiga ko‘ra, portlash raketadan o‘qqa tutish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik OAVlar mahalliy hukumatga tayanib, payshanba kuni Afg‘oniston poytaxtida uchta portlash sodir bo‘lgani haqida xabar qilishdi.
Mamlakat IIV ma’lumoti ko‘ra, uchta portlovchi vosita masofadan turib harakatga keltirilgan. Yana bir bombani politsiya zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.