TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Xitoyning Nanning shahrida "China Cup-2019" xalqaro musobaqasi ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 3:0 hisobida Urugvay jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda gollarga Gaston Perreyra va Kristian Stuani (dubl) mualliflik qilishdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Endi Urugvay milliy jamoasi finalda Tailand bilan bellashadi. O‘zbekiston esa 3-o‘rin uchun Xitoy bilan o‘ynaydi. Har ikkala bahs 25-mart kuni o‘tkaziladi.
"China Cup-2019"
O‘zbekiston - Urugvay 0:3
Gol: Gaston Perreyra (5), Kristian Stuani (24, 82)
O‘zbekiston: S.Quvvatov, F.Sayfiyev, A.Ismoilov, E.Krimes, D.Hoshimov, O.Ahmedov, O.Shukurov, J.Sidiqov (I.Aliboyev, 72), J.Masharipov, D.Hamdamov (S.Mirzayev, 64), E.Shomurodov (M.Bikmayev, 64).
Urugvay: F.Muslera, M.Kaseres, D.Godin, X.Ximenes, D.Laksalt, N.Nandez, M.Vesino, R.Bentankur, N.Lodeyro, K.Stuani, G.Pereyro.
Ogohlantirishlar: D.Hoshimov (59), J.Masharipov (79) - X.Ximenes (85).