"Siyosiy fitnalar ko‘p bo‘ldi": G‘ofur Rahimov iste’foga chiqmoqchi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa
Gafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rahimov o‘z rasmiy bayonotida bu qarorga kelishiga siyosiy holat sabab bo‘lganini aytgan.

TOShKENT, 22 mar - Sputnik. O‘tgan yilning 3-noyabrida AIBA Xalqaro xavaskor bokschilar uyushmasi prezidenti etib saylangan o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov o‘z lavozimidan ketdi. Bu haqda uyushma rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Prezident AIBA Gafur Raximov pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
AIBA prezidentligiga saylangan G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi

Rasmiy bayonotda aytilishicha, Rahimov bu qarorni o‘z xohishi bilan qabul qilgan. 

U shuningdek, 25-yillik faoliyati davomida boksda juda ko‘p narsalarga erishganini va bundan faxrlanishini aytgan.

Rahimov o‘z rasmiy bayonotida bu qarorga kelishiga siyosiy holat sabab bo‘lganini aytgan.

"...men shu paytgacha siyosat va sportni alohida ko‘rishga harakat qilib keldim. Lekin bu urinishlarga qaramay, so‘nggi bir necha oy davomida olimpiya boksi atrofida ko‘plab munozaralar bo‘ldi. Ularning aksariyati sport emas, asosan siyosat bilan bog‘liq edi. <...> Yana bir marta, avval ham ko‘p bora takrorlaganim singari, aytib o‘tmoqchiman, menga qarshi ayblovlar oldindan rejalashtirilgan va siyosiy tag zamirga ega yolg‘onlarga asoslangan. Men haqiqat g‘alaba qilishiga ishonaman. Shundan bo‘lsada, men buni hamisha aytib kelganman, men hech qachon Boksdan ustun bo‘lmayman, va prezident sifatida bizning sport turimiz va bizning sportchilarimizga xizmat qilish uchun qo‘limdan kelganini amalga oshirmog‘im shart", - deyiladi bayonotda.

Bayonotda aytilishicha G‘ofurov hozirgi holatni inobatga olgan holda, AIBA Ijroiya qo‘mitasini uyushma prezidenti lavozimidan iste’foga chiqish haqidagi qarori borasida bildirgi bergan. Bu AIBA Nizomiga to‘liq mosligi aytilgan.

Dam olish kunlari G‘ofurov ushbu masalani muhokama qilish uchun AIBA Ijroiya qo‘mitasi majlisini chaqirgan va yig‘ilishda vaqtinchalik prezidentni tayinlash jarayonini boshlash masalasi muhokama etilgan.

"Aminmanki, o‘tgan yilda amalga oshirilgan barcha ijobiy tashabbuslar bizning sportimizni kelajakda yanada kuchaytirishga asos bo‘lib xizmat qiladi", - degan Rahimov.

Tashkilot rasmiy saytida 25-martga qadar bu haqda boshqa hech qanday izoh berilmasligi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0