Shavkat Mirziyoyev Toshkent harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennie prinadlejnosti
Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tayinlov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga asosan amalga oshirilgan.

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Zokir Sayfuddinov tayinladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaZokirjon Sayfudinov
Shavkat Mirziyoyev Toshkent harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi - Sputnik O‘zbekiston
Zokirjon Sayfudinov

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari etib polkovnik Qodirjon Tursunov tayinlandi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaQodirjon Tursunov
Shavkat Mirziyoyev Toshkent harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi - Sputnik O‘zbekiston
Qodirjon Tursunov

Polkovnik Qodirjon Tursunov bundan oldin Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga binoan joriy yilning fevral oyida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelgan general-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0