Bahor tongidek tiniq hayot: Navro‘z bayrami shodiyonalari

Obuna bo‘lish
Navro‘z tantanalari Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev barchani Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

“Bu yilgi Navro‘z bayrami ushbu muazzam saroyda o‘tayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no bor, albatta. Afsonaviy Humo qushi – ezgulik va baxt timsoli, Navro‘z esa bahor va baxt ayyomidir. Bu ikki ulug‘ timsol, ya’ni, Humo va Navro‘z falsafasi o‘zaro uyg‘un bo‘lib, hayotimizni yanada mazmunli va munavvar etgay, inshoolloh”, - dedi davlat rahbari.

Mirziyoyev barchaga "hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin! Sharqona Yangi yilimiz – Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin", deya tilak bildirdi. 

Navro‘z tadbirida chet davlatlarning elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini, xorijiy mehmonlar ishtirok etishdi.

Bayram sho‘x-shodon qo‘shiqlar, raqslar bilan davom etdi. Sahnada mamlakatimizning har bir hududi an’analari, o‘ziga xos san’ati, xalq o‘yinlari ifodalandi. Folklor-etnografik jamoalar dehqonchilikka baraka tilab, Navro‘z, tabiat, mehr-oqibat haqida qo‘shiqlar aytdi. Estrada xonandalarining chiqishlari, bolakaylarning o‘yin-kulgulari barchaga zavq-shavq ulashdi. 

Navro‘z ayyomining eng erqin lahzalarini Sputnik O‘zbekistan videosida tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0