TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Bu yil ArMI-2019 harbiy o‘yinlari O‘zbekiston hududida ham bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan.
“ArMI-2019 harbiy o‘yinlari 10 ta mamlakat hududida bo‘lib o‘tadi: Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Mongoliya va O‘zbekiston”, - deyilgan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligi 2019-yilning 3 – 13-avgustida bo‘lib o‘tadigan xalqaro harbiy musobqalarning natijalarini va eng yorqin lahzalarini internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib boradi.
Harbiy o‘yinlarida tank biatloniga alohida e’tibor qaratilgan. Tank biatloni ilk bor 2013-yilda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. Dastlab tank biatlonida faqat Rossiya, Belarus Armniston va Qozog‘iston vakillari ishtirok etishgan edi. Keyinchalik yil sayin unga qiziqish ortib bordi. O‘tgan yilda ushbu musobaqalarda 22 mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Musobaqa har doim Moskva viloyatidgagi Alabino poligonida bo‘lib o‘tadi. Barcha ishtirokchilar Rossiya tomonidan taqdim etilgan T-72B3 tankida ishtirok etishadi. Faqat xitoylik ishtirokchilar o‘z tankida.
Ushbu musobaqalarga G‘arb mamlakatlarida qiziqish juda katta. NATO mamlakatlari ham taklif qilingan. Lekin ular turli sabablarga ko‘ra ishtirok etishdan voz kechib kelishmoqda.