TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Toshkent shahrida balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatiladi.
“Bugun soat 15:00 da Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘rnatiladi”, - deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, mazkur hududda bahoriy ayyom Navro‘z munosabati bilan “Navro‘z” nomli sayilgoh ochiladi va musiqali favvora ham ishga tushiriladi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Toshkent shahridagi "Xalqlar do‘stligi" maydonida O‘zbekistondagi eng katta davlat bayrog‘i o‘rnatilgan edi. Bayroqning balandligi 65 metr, o‘lchami esa 20 metrga 10 metrga teng.