TOShKENT, 20 mar - Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami tantanalari boshlanmoqda. Bugun ijtimoiy tarmoqlardan shou-biznes yulduzlarining viloyatlarda bergan konsertlari videosi tarqaldi.
Xonanda Ziyoda o‘zining turli shaharardagi muxlislarini oltinrang libosi va quvnoq qo‘shiqlari bilan hayratda qoldirdi.
Munisa Rizayeva ham viloyatlarda konsert berdi.
Xonanda Sevara bo‘lsa o‘zining jozibador raqsi bilan Jarqo‘rg‘onda yoshu-qarini o‘yinga tushirdi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistondan Navro‘z bayramida 4 kun dam olish kuni bo‘ladi: 21, 22, 23 va 24-mart. Barcha shaharlarda bayram tantanalari va xalq sayllari o‘tkazish rejalashtirilgan.