Bu yil osh hammaga yetadi - Moskvadagi Navro‘z tantanasida 30 qozon palov damlanadi

© SputnikFestival plova
Festival plova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navro‘z bayrami tantanalari Moskvadagi VDNX bog‘ida 24-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Moskvada nishonlanadigan “Navro‘z-2019” bayram tantanalarida 30 ta qozonda 3 tonna guruch damlash rejalashtirilgan, dedi poytaxt milliy siyosat departamenti rahbari Vitaliy Suchkov.

“Biz, o‘tgan yillardagi tajribadan kelib chiqqan holda, bu yil tayyorlanadigan osh miqdorini oshirdik. Oldin palov Moskvadagi millatlar diasporalari vakillari tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, bu yil oshni – professional oshpazlar pishiradi”, - dedi Suchkov.

Navro‘z bayrami tantanasiga kelgan mehmonlar turli taomlarini tatib ko‘rishlari, xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir doirasida “eng yaxshi oshpaz” tanlovi ham bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrinni kosmonavt Solijon Sharipov topshiradi.

Navro‘z bayrami odatdagidek Moskvadagi VDNX bog‘ida nishonlanadi. VDNX bog‘i hududida 18 ta milliy pavilon, 15ta ovqatlanish hududlari hamda milliy buyumlar va suvenirlar sotuv-ko‘rgazmasi  tashkil etiladi.

Bayram tadbiri VDNX bog‘idagi 75 pavilonda soat 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. Kirish barcha uchun bepul. Ma’lumot uchun, bu yil Moskvada Navro‘z 14-marta nishonlanmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0