Og‘ir qotillik: Zangiotada erkak xotini va ikki o‘gay farzandini o‘ldirdi

CC0 / pixabay / Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto
Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bir ayol va uning farzandlarining murdalari ko‘krak qafasi, o‘pka va yurakka sanchilib kirgan og‘ir tan jarohatlari bilan topildi.

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bir ayol va uning ikkita farzandining murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura o‘zining rasmiy telegram kanali orqali xabar qildi.

“2019 yil 17-mart kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xushro‘y ko‘chasi, 13-uyda yashagan N.A. (ayol kishi, 1972-yilda tug‘ilgan) va uning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandlari H.N. (1994 yil) va Sh.N. (1995 yil)larning murdalari ko‘krak qafasi, o‘pka va yurakka sanchilib kirgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilgan”, - deyiladi xabarda.

Voqea joyiga tezkor tergov guruhi yetib borgan hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari o‘tkazilib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida xonadonga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasining xotira qurilmasi (hard disc) ashyoviy dalil tariqasida olinib, undagi video tasvirlar ko‘zdan kechirilganida, ushbu qotillik jinoyati N.A.ning sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i I.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda gumon qilinuvchi I.X. Zomin tumanida qo‘lga olingan.

Qotilga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 2-qismi “a” va “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatildi.

Yangiliklar lentasi
0