TOShKENT, 20 mar – Sputnik. GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati xaridorlarga rasmiy murojaat bilan chiqdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, avtomobilini olib ketish vaqtida xaridordan diler tomonidan faqatgina 25 ming so‘m miqdorida Hisob-ma’lumotnomasi uchun to‘lov amalga oshirilishi talab etiladi.
“Avtosalon xodimlarining ushbu to‘lovdan tashqari obuna, avtomobilni manzilga olib borib berish kabi xizmatlar uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilishi noqonuniy sanaladi”, - deyiladi xabarda.
Xabarda agar bu kabi ta’magirlik holatlariga duch kelsansa, kompaniyaning +99878-147 14-14 raqamli “Ishonch telefonlari”ga murojaat qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Navro‘z bayrami munosabati bilan Malibu va Tracker avtomobillariga 3 foizli chegirma e’lon qilgani haqida xabar qilgan edik.