Olmalarda yozilgan xitoycha iyeroglif qozog‘istonliklarni qo‘rquvga soldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishYabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke
Yabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Kokshetau shahri aholisini supermarketlardan birida xarid qilingan olmalar tashvishga soldi. Xarid qilingan olmalarda xitoycha iyerogliflar bitilgan.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Qozog‘istonning Kokshetau shahri aholisini supermarketlardan birida xarid qilingan olmalar tashvishga soldi. Xarid qilingan olmalarda xitoycha iyerogliflar bitilgan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, kokshetaulik Dilyara Tulegenova “Kristall” supermarketida olma sotib oladi.

“Men hamisha mahalliy olmalarni sotib olishga harakat qilaman. Bu safar ham olmaning “Saltanat” navi tanladim. Jami 4 dona xarid qildik. Do‘konda bizga sotuvchi xizmat ko‘rsatib, olmalarni tanlab bergan edi. Biz e’tibor qilmasdan olma uchun pul to‘lab chiqib ketdik. Uyga kelib, qizim olmalarni yuvayotganda ularda yozilgan xitoycha iyerogliflari ko‘rib qoldi. Biz bu olmalarni yemasdan, tashlab yubordik”, - dedi u.

© Foto : predostavleno ochevidsemYabloki s kitayskimi iyeroglifami napugali jiteley Kokshetau
Olmalarda yozilgan xitoycha iyeroglif qozog‘istonliklarni qo‘rquvga soldi - Sputnik O‘zbekiston
Yabloki s kitayskimi iyeroglifami napugali jiteley Kokshetau

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash departamentida olmalar haqiqatdan ham Xitoydan keltirilgani va ular sog‘liq uchun xafvli emasligini tushuntirishdi.

Yangiliklar lentasi
0