TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Toshkentda 25-mart sanasidan reja asosida issiq suvni o‘chirish ishlari amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda "Toshissiqlikenergo".
2019-2020 yil isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish uchun Toshkentda 25-martdan 5-aprelga qadar issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi.
3 apreldan 26-aprelga qadar issiqlik tarmoqlari mexanik chidamlilik va bosimga sinovdan o‘tkaziladi.
Aholi o‘zini qiziqtirgan savollarni (71) 215-72-73 raqamlari orqali kuzatilgan nosozliklar haqida murojaat qilishlari mumkin.
Issiq suv qaysi hudadlarda qachon o‘chirilishi haqida quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin.