TOShKENT, 18 mar – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 19-martdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Markaziy bank ma’lumotga o‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 3,94 so‘mga qimmatlashib, 1 dollar 8378,04 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 77,32 so‘mga ko‘tarilib, 9488,13 so‘mga yetgan.
1 rubl esa 2,91 so‘mga oshib, 129,09 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikki hafta davomida pasaygan edi. Yangi qiymatga ko‘ra yana ko‘tarilishni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.