TOShKENT, 18 mar – Sputnik. "O‘zbekiston xavo yo‘llari" samolyotlarida internet pullik bo‘ladi.
"O‘zbekiston xavo yo‘llari" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Airbus A320neo samolyoti bortida pullik Wi-Fi tizimi ishga tushirildi.
Qayd etilishicha, hozirda 4 ta internet-paket taqdim etilgan:
- Lite (20 Mb - 5,95$);
- Medium (50 Mb - 13,95$);
- Stream (120 Mb - 29,95$);
- Business (220 Mb - 52,95$).
Taqdim etilayotgan internetning tezligi 256 kb’dan 512 kb’ga qadar bo‘ladi.
To‘lov UzCard plastik kartasi yordamida uchish sanasidan bir kun avval amalga oshirilishi kerak.
Biznes-klassda uchadigan yo‘lovchilar uchun internet xizmatlari bepul bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Uzcard banklararo to‘lov tizimi orqali internet xizmatlari uchun bank kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” ning billing tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratilgani haqida xabar bergan edik.