Baxtsiz hodisa qashqardarolik ayolning umriga zomin bo‘ldi

© Sputnik / Varvara GertyeV bolnitse
V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gala qishlog‘ida yashagan ayol uyi oshxonasida suvni isitish maqsadida gaz plitasi ustiga chelak qo‘ymoqchi bo‘ladi.

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi ayol ehtiyotsizligi tufayli vafot etdi.

Mujchina s nojom - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida o‘g‘il mast holda otasining qotiliga aylandi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Gala qishlog‘ida yashagan S.O. ismli ayol uyi oshxonasida suvni isitish maqsadida gaz plitasi ustiga chelak qo‘ymoqchi bo‘ladi. Ammo ehtiyotsizligi tufayli olov kiyimiga o‘tib, u yonib ketgan.

Natijada fuqaro kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0