Soliq qo‘mitasi raisi nomidan soxta sahifa ochgan fuqaro jazolanadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishChelovek v maske Anonymous
Chelovek v maske Anonymous - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Facebookda Davlat Soliq qo‘mitasi raisi nomidan soxta sahifa ochib sharhlar qoldirayotgan fuqaro javobgarlikka tortiladi.  

TOShKENT, 17 mar – Sputnik. Davlat Soliq qo‘mitasi rahbari Behzod Musayev nomidan Facebook da soxta izohlar qoldirgan fuqaro javobgarlikka tortiladi, deb xabr qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati.

“Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev nomidan soxta sahifa ochib va undan yashirincha sharhlar qoldirayotgan foydalanuvchi javobgarlikka tortiladi. Behzod Musayevning Feysbukda sahifasi mavjud emas”, - deyilgan xabarda.  

Bu holat yana bir bor O‘zbekistonda boshqa foydalanuvchilar nomidan  soxta ochilgan  profillar bo‘yicha huquqiy pozitsiyani shakllantirish kerakligini ko‘rsatadi.   

Yangiliklar lentasi
0