Samarqandda ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy turnir po kupkari v Samarkandskoy oblasti
Mejdunarodniy turnir po kupkari v Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘pkarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan chavandozlar ishtirok etishdi. Bosh sovrini - Chevrolet Lacetti avtomobili bo‘ldi.

TOShKENT, 17 mar – Sputnik. Samarqand viloyatining Jomboy tumanida viloyat hokimligi hamda Ot sporti federatsiyasi ko‘magida ko‘pkari bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Kak uzbekistansi sotvorili glavnuyu sensatsiyu Igr kochevnkov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xalqaro ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi

Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada O‘zbekistonning turli shaharlaridan hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan chavandozlar ishtirok etishdi.

Musobaqa g‘oliblariga ko‘plab qimmatli sovg‘alar taqdim etildi. Ular orasida 60 ta tuya, 50ta televizor, kir yuvish mashinalari sovutgichlar, gilamlar va pul mukofotlari bor edi.

Musobaqaning bosh sovrini esa, an’anaga ko‘ra – avtomobil bo‘ldi. Yap-yangi Chevrolet Lacetti esa –jizzaxlik polvon Orif Shodiyorovga taqdim etildi. Shodiyorov Pantera laqabli qorabayir zotli otda ishtirok etdi.

Shuningdek, turnir doirasida O‘zbekiston va Qozog‘istonlik polvonlar jamoalari orasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekis tonlik polvonlar 3:2 hisobida g‘olib  chiqishdi.

© SputnikKo‘pkari - mardlar bahsi
Samarqandda ko‘pkari bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘pkari - mardlar bahsi
Yangiliklar lentasi
0