Soliq qo‘mitasi raisi nomiga soxta akkaunt Londonda ochilgani ma’lum bo‘ldi

© AFP 2023 / Fabrice CoffriniBritanskiy flag na fone Big-Bena v Londone
Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Facebookda Bexzod Musayev nomiga soxta akkauntlarni ochishda Londonda qayd etilgan telefon raqamlari ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 17 mar – Sputnik. Davlat Soliq qo‘mitasi Facebookdan qo‘mita raisi nomidan ochilgan soxta akkauntni yopishni so‘radi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati

O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Bexzod Musayev nomidan Facebookda ochilgan soxta akkauntlarni o‘rganish davomida, uni qayd etishda Buyuk Britaniya poytaxti – Londonda joylashgan telefon raqamlari ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu vaziyat tufayli, DSQ rahbariyati Facebookka murojaat qilib, ularning sha’niga dog‘ tushirayotgan soxta akkauntlarni yopishni so‘radi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, biro oldin ijtimoiy tarmoqda DSQ raisi nomidan ochilgan soxta akkaunt haqida xabar bergan edik. Soliq qo‘mitasi Facebookda Bexzod Musayev nomidan qoldirilgan barcha izohlarni inkor etib, raisning ushbu ijtimoiy tarmoqda akkaunti yo‘qligini xabar qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0